Pensionerlarni katta mablag‘ga tushirgan tovlamachilar ushlandi
- 22.05.2019 10:35
- 189
- Xorij
Rossiya IIV doimiy ravishda pensionerlarni aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirib yurgan bir guruh tovlamachilarni qo‘lga olgani haqida videomaterialni e’lon qildi.
Tovlamachilar Chuvashiya respublikasida faoliyat olib borishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tovlamachilar pensionerlarni bepul davolash haqida ishontirib, ularning hujjatlarini qo‘lga kiritib, so‘ng pensionerlarning o‘sha hujjatlari bilan ularning nomiga katta miqdorda tibbiy kreditlar olib, pullarni o‘zlashtirib yuborishgan. Pensionerlar o‘z nomlariga katta summalarda tibbiy kredit olinganini kredit to‘lovi haqida talabnoma olganlaridan so‘ng bilishgan va o‘sha zahoti bu haqda huquqni himoya qilish organlariga murojat qilishgan.
Shundan so‘ng, qisqa muddatda tovlamachilar qo‘lga olingan. Tergov surishtiruv natijasida bu tovlamachilar pensionerlardan umumiy hisobda milliardlab rubllarni o‘zlashtirganlari ma’lum bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 22 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!