Pensiya jamg‘armasi korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilikni hamkorlikka chaqirmoqda

Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi ta’magirlik, poraxo‘rlik, o‘z xizmat va mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi salbiy holatlarnig oldini olish bo‘yicha murojaat e’lon qildi.

“Pensiya jamg‘armasi tizimida Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sharoitlarni yo‘qotish maqsadida tuman (shahar) bo‘limlarida bir joyda bir lavozimda 5 yil muddatdan ortiq ishlagan Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish sho‘’basi mudiri va mutaxassislari rotatsiya qilish, Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi va uning quyi tizimlariga ishga qabul qilish ochiq mustaqil tanlovlar orqali e’lon qilinib, shaffof tanlov sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan mehnat shartnomalari tuzish yo‘lga qo‘yilgan.

Aziz Samarqandliklar! Siz yashayotgan xududda pensiya ta’minoti bilan bog‘liq jumladan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lashda, tizim bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ijrosini ta’minlashda, hududiypensiya bo‘limlariga murojaat qilganda ta’magirlik, poraxo‘rlik, o‘z xizmat va mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi salbiy holatlar, byurokratik to‘siqlar, umuman korrupsion vaziyatlar kuzatilganda Pensiya jamg‘armasining 11-40 “Ishonch telefoni”, www.pfru.uz rasmiy veb-sayti, @pensiyauzbot telegram boti, pension_uz@pfca.mf.uz elektron pochtalariga, Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasining 66-235-54-62, 66-233-47-50 Ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlaringiz mumkin”, deyiladi boshqarma xabarida.