Plastik yomg‘irlar

Jahon yetakchilari iqlim bo‘yicha sammit o‘tkazishni davom ettirayotgan vaqtda ulkan kimyo industriyasi biror-bir cheklovsiz insoniyat yashayotgan muhitni plastika bilan ayovsiz to‘ldirib tashlamoqda.

...Yaqinda olimlar birinchi marta plastik yomg‘ir hodisasi bilan to‘qnash keldilar. AQShda o‘tkazilgan tadqiqotlar mamlakatning 11 ta olis hududidan olingan alohida-alohida havo namunalarida 98 foiz yomg‘ir suvida plastik zarralari mavjudligini ko‘rsatdi. Zarralar atmosfera balandliklariga chiqarib tashlanadi. Ularda nam to‘planib, yomg‘ir bulutlari hosil bo‘ladi va plastik yerga yog‘iladi. Korxonalar atmosferaga chiqaradigan yomg‘irli kislotalarning oldini olsa bo‘ladi, ammo plastik yomg‘ir bilan kurashish amalda imkonsiz.

Har yili Amerika osmonida minglab tonna ushbu zarralar yog‘iladi, bu 120 million plastik idish degani. Gap esa mamlakatning atigi 6 foiz hududidagi hodisa haqida boryapti. Jahon miqyosida olinadigan bo‘lsa, qanday dahshatli holat insoniyatga tahdid solayotganini tasavvur etish qiyin emas.

Tinch okeanidagi Xenderson oroli yaqin qit’adan 3000 mil narida joylashgan. Biroq, olimlar unda qumdan namuna olishganda bu yerda ulkan miqdorda plastik yig‘ilib qolganini aniqladilar. Plyajning bir kvadrat metr qumida 23 gramm plastik zarrasi bor ekan.

Orolning uchta plyaji bu yerda okean oqimi olib kelgan chiqindi qatlami bilan qoplangan. Hatto bu yerda o‘tgan asrning 80-yillarida chiqarilgan plastik o‘yinchoq topildi. Vaholanki, Xandersin oroli Yer yuzida hali inson qadami yetmagan qo‘riqxona hisoblanardi. Hatto YuNESKOning butunjahon merosi maqomini olgan.

Oroldagi chiqitlarni ajrata turib, olimlar Yevropa, Afrika, Amerika va Osiyodan oqib kelgan plastik buyumlarni topdilar. Alxusus, orol yuza qismi 4 milliard plastik zarralar bilan qoplangani ma’lum bo‘ldi. Ammo yetakchi mamlakatlar hukumatlari va siyosatchilar tabiiy buyumlar o‘rniga kimyo sanoati, plastik falokatni tezlashtirayotgan yangi-yangi materiallar ishlab chiqarayotganini ko‘rmaslikka olmoqdalar. Plastika hamma joyda uchrayapti, uning mayda zarralarini sanitariya-gigiyena, kosmetik mahsulotlarda ham ko‘rish mumkin. Ko‘zga ko‘rinmas zarralar atrof-muhitga, avtomobil pokrishkalarini yo‘lga ishqalanishidan ham paydo bo‘lmoqda. Bitta kir yuvish mashinasi sintetik kiyim-kechaklar yuvilganda 700 mingta plastik zarra tolasini to‘zg‘itadi.

Bir necha o‘n yillar avval tashlangan plastik paket yillar davomida havoda uchib yuradi yoki son-sanoqsiz zarralar ko‘rinishida tuproqda, suvda to‘planadi. Dunyo okeani 125 trillion plastik zarralarini tarkibida saqlamoqda, uning ulkan cho‘kmalari yerda ham to‘plangan. U o‘simliklar o‘sishini sekinlashtiradi, hosildorlikni pasaytiradi, oqibatdap ko‘proq kimyoviy o‘g‘itdan foydalanishga majbur etadi.

Vodoprovod suvining beshta qit’adan olingan namunasi 83 foiz plastika bilan ifloslanganini ko‘rsatdi. Ekspertlar xulosasi g‘oyat tashvishli. Ular atrof-muhitni iflostirayotgan haddan tashqari ko‘p plastik zarralarni birorta tozalash tizimi filtrlashga qodir emas, degan fikrdalar.

“Mir novostey” (2021 y, 17-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.