Pokiston parlamenti tarqatib yuborilgach nizolar kuchaydi, tarqatish to‘g‘risidagi qaror bekor bo‘lishi mumkin
"Uyat!". Parlament vitse-spikeri 220 milliondan ortiq janubiy Osiyo davlatida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga yo‘l ochish uchun palatani tarqatib yuborganida Pokiston qonunchilari shunday deyishdi.
Bosh vazir Imron Xon aniq muvaffaqiyatga ega ishonchsizlik votumi bilan to‘qnash kelganidan keyin bu harakatni boshladi.
Pokiston parlamenti vitse-spikeri Qosim Xon Suri yakshanba kuni Bosh vazir Imron Xon hukumatiga ishonch masalasida ovoz berishni bekor qilib, bunday xorijiy aralashuv orqali ovoz berish Konstitutsiyaga zid bo‘lishini ta’kidladi.
Parlament tariatilishini oqlash maqsadida Xon hukumatini ag‘darish niyatida Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikda siyosiy muxolifatni aybladi.
"Tuzumni o‘zgartirish taklifi, millionlab odamlar xohish-irodasiga suiqasd va xorijda tayyorlanayotgan ishonchsizlik votumi rad etildi. Ushbu xiyonat butun xalq ko‘z o‘ngida bo‘ldi. Xoinlar bu fitnani rejalashtirishgan edi", - dedi Xon.
“Hech bir xorijiy davlat saylangan hukumatni ag‘darish uchun til biriktirishga haqqi yo‘q”, deya uning so‘zlarini keltiradi Dawn.
Vashington bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. Shunga qaramay Islomobodda keskinlik kuchaymoqda. Oxirgi muxolifat namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi va xavfsizlik xizmati shaharni nazorat ostiga oldi. Gigant yuk tashish konteynerlari poytaxtdagi diplomatik kvartal va boshqa muhim hukumat binolariga kirishni to‘sib qo‘ymoqda. Shanba kuni “Amerikani qo‘llab-quvvatlaganlar xoindir” shiori ostida bosh vazir tarafdorlarining ham mitingi bo‘lib o‘tdi.
Muxolifat Oliy sudga parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish uchun ariza bergan.