Poyezd chiptalariga 45 foiz chegirma. aviachiptalarga-chi?

So‘rovni Samarqand xalqaro aeroporti chiptaxonasidan boshladik. U yerdan yaqin besh kunlikka chipta topa olmaysiz. Besh kun keyingi kunlar uchun 2 million 500 ming so‘m, 20 kun keyingi reysga chiptalar 1 million 695 ming so‘mni tashkil qiladi. Aviakassalardagi narxlar biroz arzonroq, asosiysi, istalgan kunga topish imkoniyati bor. Misol uchun, 2 kun keyingi chipta narxi 2 million 440 ming so‘mni, 20 kun keyingi sanaga chipta narxi 1 million 480 ming so‘mni,  boshqasida 5 kun keyinga chipta narxi 2 million 310 ming so‘mni, 20 kun keyinga  chipta narxi 1 million 661 ming so‘mni tashkil etadi. 

Samarqand temiryo‘l vokzalida Moskvaga qatnovchi poyezdlarga  chegirmalar kiritilganini ma’lum qilishdi. Endi xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlariga  yo‘lovchilar kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa 45 foiz, poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid  qilsa, 35 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Platskart vagonlar uchun chiptani 45-31 kun oldin xarid qilganlarga 35 foiz, poyezd jo‘nashidan 30-6 kun oldin xarid qilganlarga 25 foiz chegirma joriy qilingan. Poyezd jo‘nashiga 5 kun va undan kam qolganda qilingan chipta xaridiga 5 foiz ustama narx belgilangan. Poyezd Toshkent-Moskva yo‘nalishida harakatlanadi. 

O‘z muxbirimiz.