Prezident: 1 avgustga qadar 7 turdagi, 2023 yilda barcha turdagi subsidiya to‘lash elektron tizimga o‘tkazilishi lozim

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda 2022 yilda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etilib, 100 dan ortiq xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek:
- qishloq xo‘jaligida mablag‘larni boshqarish va monitoring qilish axborot tizimini ishga tushirish;
- yerlar va ekinlar hisobi hamda monitoringini yuritishni raqamlashtirish;
- 1 avgustga qadar 7 turdagi, 2023 yilda barcha turdagi subsidiya to‘lashni elektron tizimga o‘tkazish;
- suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orish ishlarini masofaviy monitoring qilish axborot tizimini 1 dekabrgacha Farg‘ona va Samarqandda, 2023 yilda barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berildi.
Prezident yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti 2022-2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi zarurligini qayd etdi.
Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.