Prezident: Bank kreditlari foiz stavkasini tushirish muhim

Yig‘ilishda bank tizimi barqarorligini ta’minlash hamda kredit foiz stavkalarini tushirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2-3 foizga tushirish muhimligi qayd etildi.

Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishni o‘zidan 25 trillion so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi.

Masalan, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoda muammoli kreditlar ulushi 10 foizga yetgan.

Tarmoq rahbarlari, hokimlar 9 trillion so‘m kreditlar hisobiga ishga tushgan 2 ming 342 ta loyiha past quvvatda ishlayotganini tahlil qilib, ularning muammolarini hal qilishda ko‘maklashmayotgani tanqid qilindi.

Endilikda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman kredit olgan korxonalarning to‘liq quvvatda ishlab ketishiga ko‘maklashadi.

Hokimlar, banklar kredit berishdan oldin loyiha qancha ish o‘rin yaratishi, byudjetga qancha tushum bo‘lishini hisob-kitob qilish tizimiga o‘tadi va samarasiga shaxsan javob beradi.