Prezident: "Mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo‘lini qat’iy davom ettiradi"

Prezidentning parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

"Bizga inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Ma’muriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda Hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi o‘zgartirildi.

Navbatdagi vazifamiz viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.

Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.

Yig‘ilishda Prezident mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo‘lini qat’iy davom ettirishini ta’kidladi.