Prezident nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi
- 29.08.2019 15:21
- 507
- Jamiyat
O‘zbekiston Prezidenti 28 avgust kuni «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilandi (hozirda ayollar uchun 17 yosh).
Ushbu qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Qonunning nikoh yoshini belgilash to‘g‘risidagi bir qismi 2019 yilning 1 sentyabridan amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 18 avgust kuni nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko‘rib chiqilgan edi.
Teglar:
nikoh yoshi