Prezident O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Xorij mamlakatlaridagi va og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslarni takshillashtirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Komissiya O‘zbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:

- 21 mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30 da; Deli shahridan (Hindiston) soat 17:30 da;

- 22 mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30 da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00 da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);

- 23 mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00 da;

- 24 mart kuni Djakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00 da;

- 26 mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00 da.

Boshqa mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish davom etadi, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga ko‘ra, 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.