Prezident sayloviga tayyorgarlik qanday tashkil etilyapti?

Bugun Toshkentda Markaziy saylov komissiyasi ish boshladi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev olib borgan komissiya majlisida yangi O‘zbekistonda Prezident saylovi yangicha tizimda, yangi milliy qonunchilik asosida, umume’tirof etgan xalqaro standartlarga amal qilgan holda, butunlay yangicha muhitda o‘tishi ta’kidlandi.

Shuningdek, majlisda Prezident saylovini yuqori darajada tashkil etishga e’tibor qaratilayotgani alohida tilga olindi.

Hozircha Prezident sayloviga kimlar va qaysi partiyalardan nomzodlar ilgari surish-surmasligi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga binoan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari saylovi ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.