«Prezident yuziga shapaloq»: Respublikachilar AQSh Kongressiga saylovlarda g‘alaba qozonishi mumkin. Bu jahon siyosatini qanday o‘zgartiradi?
8 noyabr kuni AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida demokratlar Senatda (yuqori palatada) ham, Vakillar palatasida ham ko‘pchilikni saqlab qolish umidini yo‘qotayotgan ko‘rinadi.
Amerikaliklar demokratlar siyosati mamlakatni inqirozga olib borayotganidan havotirda, bu esa Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlash darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, respublikachilar Senatda ishonchli ko‘pchilikni qo‘lga kiritgan holda, taxminan 54 o‘ringa, Vakillar palatasida esa 30-35 o‘ringa umid qilishi mumkin.
Bu holda respublikachilarning Kongressdagi deyarli yuz yil ichida eng katta vakilligi bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar Jo Baydenning keyingi ikki yillik prezidentligi va uning ma’muriyati siyosatiga, jumladan, tashqi siyosatiga ham ta’sir qilishi muqarrar. Respublikachilar ko‘pchilik Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam uchun byudjet mablag‘larini ajratish borasida ancha qattiqqo‘l bo‘lishi kutilmoqda va bu xarajatlarni jiddiy qisqartirishni talab qilishi mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oraliq saylovlarda yutug‘ AQShning amaldagi prezidentiga qarshi bo‘lganlar tomonida bo‘ladi. Prezidentlik kampaniyasidan ikki yil o‘tib, ular ko‘pincha amaldagi prezidentning yuziga «shapaloq urish» va uning siyosatini to‘g‘ri yo‘nalishga boshlash usuliga aylanadi.
2022 yilgi oraliq saylovlar 2010 va 2018 yillardagi kampaniyalarni eslatadi: AQSh Kongressi ustidan nazorat Oq uydagi partiya qo‘lidan tushib qolishi mumkin. Bu yil AQSh Demokratik partiyasi bir vaqtning o‘zida ikkala palatani - Vakillar palatasi va Senatni ham yo‘qotish xavfi bor.
Sentyabr oyidagi sotsiologik so‘rovlarga ko‘ra, mustaqil saylovchilarning 51 foizi, ya’ni ikki partiyaning ham vakili bo‘lmaganlar respublikachilarga ovoz berishni xohlaydi. 53 foiz mustaqil saylovchilar amaldagi prezident Jo Bayden siyosatidan norozi
Respublikachilar g‘alaba qozonsa
Ular Jo Bayden ma’muriyati tashabbuslarining aksariyatiga to‘sqinlik qila boshlaydi
Misol uchun, respublikachilar federal sudyalar uchun prezidentlikka nomzodlarni bloklashi yoki hatto Kapitoliyga bostirib kirishga oid tergovga qarshi chiqishlari, AQSh harbiylarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi, shuningdek, hukumatni suiiste’mol qilish kabi o‘z tergovlarini boshlashga harakat qilishlari mumkin.
Eng kam ehtimoliy, ammo potensial ommaviy axborot vositalari va 2024 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun muhim bo‘lgan ssenariylardan biri - 2020 yilgi saylov natijalarini alohida shtatlarda ko‘rib chiqish va hatto Jo Baydenga impichment e’lon qilishga urinishdir.
G.Xoldorova tayyorladi.