Prezidentlar chegarada uchrashdi
- 26.07.2019 13:07
- 2704
- Dolzarb
Bugun, 26 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlat chegarasining kesishgan joyida uchrashdilar.
Prezidentlar Tojikiston va Qirg‘iziston qishloq kengashlari jamoalari va oqsoqollari bilan uchrashdilar va ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik va totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikni saqlash muhimligini qayd etdilar.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Isfara shahrida “tet-a-tet” ushrashishadi. Keyin muzokaralarda ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirok etadilar, deya xabar berdi AP.
Isfarda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ikki mamlakat rahbarlari Cho‘lponota shahrida mamlakatlar hamkorligining dolzarb masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradigan Issiqko‘l ko‘liga borishlari kutilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa