Prezidentlik saylovlari: Tokayev Qozog‘iston parlamentida muxolifat paydo bo‘lishiga umid qilmoqda
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 2023 yilga belgilangan parlament saylovlari natijasida Majilisda muxolifat paydo bo‘ladi, deb umid qilmoqda.
“Saylovlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi organiga qiziq odamlar, jumladan, muxolifat qarashlarini qayta tartibga soluvchi shaxslar kelishini kutmoqdaman”, dedi jurnalistlarga Tokayev.
Shuningdek, u prezidentlik saylovlaridan keyin hukumat o‘z ishini davom ettirishini, biroq tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishini aytdi.
Qozog‘istonda bugun, 20 noyabr kuni saylov uchastkalari ochildi va prezidentlikka nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.
Saylovchilar mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar ovoz berish huquqiga ega, shundan so‘ng saylov uchastkalarida ovozlarni sanash boshlanadi.
Saylovda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan 640 nafardan ortiq kuzatuvchi akkreditatsiya qilingan.
Qozog‘iston aholisi 19,6 million kishidan oshadi. Shu bilan birga, 11 million 950 ming 485 kishi ovoz berish huquqiga ega.