Pulga hayvon tasvirini tushirishdan maqsad nima edi?

Dunyoda yo‘qolib borayotgan minglab nodir jonivorlar tasviri tushirilgan pullar mavjud. Ayni paytda ularning o‘zi kalleksionerlar uchun noyob nusxaga aylangan. Ayniqsa, Indoneziyaning o‘tib bo‘lmas qalin o‘rmonlari sir-sanoatga boy. Chunki mahalliy aholidan g‘alati o‘rmon mavjudot haqida tez-tez eshitasiz.

Ulardan biri odamga juda o‘xshaydi, orqa oyoqlarida yuradi. Tadqiqotchilar ularga juda ishonch bilan qaraydi. Ushbu mavjudot - orangutang. Bu ajabtovur maymun nafaqat tangalarda tasvirlangan, balki 1992 yilgi 500 rupiyalik indonez qog‘oz pulini ham bezagan.

Agar Afrika savannalarida hayvonlar shohi sher hisoblansa, tropik va subtropik Osiyo o‘rmonlarida yo‘lbars “xo‘jayin”.

Barcha tirik yirtqichlar singari yo‘lbarslar ham butunlay yo‘qolish arafasida – soni to‘xtovsiz kamayib bormoqda. Brokonerlar ularni qimmatli terisi uchun ayovsiz ovlamoqda.

Hozirda dunyoda kaspiy va boshqa xil yo‘lbarslar batamom yo‘qolib ketgan. Sibir yo‘lbarslarining soni esa 250 tadan oshmaydi. Bengal va Qirol yo‘lbarslari bosh soni durust – 4,5 mingtadan ziyod. 1962-1978 yillarda ularning tasviri tangalarni bezagan. 2017 yilda Tanzaniyada 1500 shillingda ushbu yirtqich boshi tasvirlangan. Kim biladi, insoniyat pullarga hayvonlar tasvirini tushirish bilan kuch-qudrat timsolini ifodalagandir yoki ularni qirilib ketishdan saqlashga da’vat etgandir.

T.ShOMURODOV tayyorladi.