Pullarida taniqli shaxslar yoki siyosatchilar surati bo‘lmagan davlatlar

Bu maqolada faqat xalqaro standartlarga kiritilgan va aksariyati bugungi kunda ham ishlatilib kelayotgan qog‘oz banknotalari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Hamma banknotalar tasvirini ham foydalanish huquqisiz osongina topish mumkin emas. Chunki milliy valyutalar tasviri mualliflik huquqi bilan himoyalangan va ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra,ular suratlaridan foydalanish taqiqlangan.

Ko‘pincha pullarning old tomonida prezidentlar, qirollar, siyosatchilar, shoirlar, faylasuflar va boshqa namoyandalarning portretlari (yoki ularning yodgorliklari) tushiriladi. Umuman olganda, suratsiz bo‘lmagan zamonaviy pullarni topish juda qiyin.

Masalan AQSh dollarini olsak. Bu valyutani haqli ravishda eng mutaasib deb atash mumkin. Negaki uning tashqi ko‘rinishi 1861 yildan beri o‘zgarmagan. Unda haligacha ularning hammasi ham siyosatchi bo‘lmagan mashhur kishilar tasvirlangan.

Bugun banknotalarning na old, na orqa tomonida mashhur shaxslar surati tushirilmagan ba’zi davlatlarni tanlab oldik.

Zambiya respublikasi – Zambiya “kvacha”si

Замбия - государство в Южной Африки

Zambiya pullari yaratilishida dizayn haqida umuman bosh qotirib o‘tirilmagan. 20 dan 50 000 kvachagacha bo‘lgan barcha nominallarning old tomonida daraxt shoxidagi shang‘iburgut tasvirlangan. Orqa tomonida esa Ozodlik haykali joylashtirilgan. Zambiyaliklar nazarida bu juda ramziy ko‘rinishga ega.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Ozarboyjon “manat”i

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Ozarboyjonning 1 va 5 manatlik banknotalarda cholg‘u asboblari, kitoblar, madhiya satrlari kabi milliy belgilar tasvirlangan. 10 manatida eski Boku manzarasi, kattaroqlarida dubulg‘a, qalqon, qilich va mamlakatga xos arxitekturalar tasvirlari tushirilgan. Banknotalar dizayni yevroga o‘xshab ketadi. Bu tasodif emas, chunki yevro ham, manat ham bir shaxs tomonidan ishlab chiqilgan.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Belorussiya rubli

1999 yilgacha Belorussiyaning 1dan 100 rubligacha bo‘lgan banknotalarida quyon, olmaxon, qunduzlar, silovsin va bug‘ular javlon urgan. O‘sha paytlar Belorus valyutasi norasmiy ravishda quyon deyilgani shundan kelib chiqqan bo‘lsa, ajabmas.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Zamonaviy banknotalarni Bolshoy teatr, Sport saroyi va Respublika kasaba uyushmalari madaniyat saroyi kabi me’moriy diqqatga sazovor joylar bezaydi.

Республиканский дворец культуры профсоюзов

Quvayt dinori

Janubiy-G‘arbiy Osiyodagi bu davlat banknotlari yorqin qizil, binafsha va ko‘k ranglarga bo‘yalgan. Old tomonida masjid yoki saroy kabi diqqatga sazovor joylar tasvirlangan. Quvayt katta neft zaxiralariga ega va bu mineral davlat byujdetining foydali qismi hisoblanishi tufayli 5 dinorlik banknotaning orqa qismida tanker va neftni qayta ishlash zavodi surati “yopishtirilgan”.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Qizig‘i, Quvaytda valyutaning eng kichik nominal qiymati 1/4 dinor yuritiladi. Demak, kasriy sonli pullar ham bor ekan.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Qozog‘iston tengesi

Barcha nominallardagi tasvirlar takrorlanadi: old tomonda – “uchayotgan kabutarlar” yodgorligi, orqa tomonida – Qozog‘iston respublikasi xaritasining konturi. Dizayn o‘ta zamonaviy ko‘rinishga ega.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Bonus sifatida Yevropa Ittifoqida qo‘llaniladigan Yevro to‘g‘risida kichkina ma’lumot.Barcha banknotalar rangi va hajmi bilan farqlanadi. Lekin qiziqarlisi bu emas.

Yevroning orqa tomonidagi tasvirlangan ko‘priklar umuman mavjud emas. Ular xayoliy va shunchaki sxematik chizmalardir.

5 стран на купюрах которых нет известных людей или политиков

Banknotalar chiqarilganidan so‘ng Gollandiyada ushbu 7 ko‘priklarning hammasini qurishga qaror qilindi.To‘g‘ri, ular qisqartirilgan holatda qurilib, shu bilan birga ajoyib piyodalar o‘tish joylari hosil bo‘ldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.