Pusan shahri hokimi Samarqandga kelmoqchi
- 27.09.2019 13:44
- 87
- Xorij
Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov Pusan shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi shaharlari turizmini rivojlantirish tashkilotining 9-assambleyasida ishtirok etmoqda.
Samarqand shahri hokimi tadbir doirasida Janubiy Koreyaning Pusan shahri meri Oh Keo-Don bilan uchrashdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash taklifini bildirgan Pusan shahri meri yaqin kelajakda Samarqandga tashrif buyurajagini aytdi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Teglar:
Samarqand shahri hokimi