Putin RF Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish bo‘yicha saylov sanasini belgiladi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan umumxalq saylovi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonda umumxalq saylovi 2020 yilning 22 aprel sanasida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, davlat rahbari saylovlar koronavirus bilan bo‘lib turgan vaziyat imkon bergan taqdirdagina o‘tkazilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. U asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritilishi muhim bo‘lishiga qaramasdan, rossiyaliklar salomatligi muhim ekanligini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunga qadar mamlakatda 114 nafar yangi turdagi virus bilan kasallanganlar qayd etilgan, 5 nafari tuzalgan va o‘lim holati qayd etilmagan.

Joriy yilning yanvar oyida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat dumasiga taqdim etdi. O‘zgartirishlar Davlat kengashi shakllantirilishini va Federatsiya kengashi vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, o‘zgartirishlar 2024 yilda amaldagi prezidentga qayta saylanish imkonini beradi.