Putin va Erdo‘g‘on g‘alla bo‘yicha kelishuvni qayta tiklash borasida kelisha olmadi
Kecha Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti bilan Ukrainadagi urush va g‘alla kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Sochiga tashrif buyurgan edi.
Rossiya va Turkiya prezidentlari muzokaralar yakunida matbuot anjumani o‘tkazdi. Ularning bayonotlaridan ma’lum bo‘lishicha, tomonlar muzokaralarning asosiy masalasi – g‘alla bitimini qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.
Putin Rossiya tomoni kelishuvni bir necha kun ichida qayta tiklashga tayyorligini, biroq uning talablari – Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar olib tashlash shartini aytgan.
Shuningdek, u Rossiya Turkiyaga qayta ishlash uchun bir million tonna g‘alla yetkazib berish va Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga bepul tashishni tashkil etishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga u Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun vositachilik xizmatlaridan bosh tortmasligini aytgan.
Turk OAVlari Erdo‘g‘on Sochidagi Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalarini muhokama qilish uchun hukumat yig‘ilishini o‘tkazishi haqida yozdi. O‘z navbatida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Turkiya va Rossiya prezidentlarining muzokaralaridan so‘ng Erdo‘g‘on va Zelenskiy o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan.