Pxenyanda O‘RVI ko‘payishi munosabati bilan besh kunlik karantin e’lon qilindi
- 25.01.2023 09:36
- 23
- Xorij
Shimoliy Koreya hukumati O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) holatlari ko‘payib borayotgani sababli Pxenyan aholisiga besh kunlik karantin joriy etishni buyurdi, deya xabar bermoqda NK News KXDR hukumatining rasmiy bayonotiga tayanib.
Unda Shimoliy Koreya poytaxtida chorshanbadan yakshanbaga qadar karantin joriy qilishi aytilgan.
Qayd etilishicha, xabarnomada nafas yo‘llari kasalliklari, jumladan, shamollash ham nazarda tutilgan. COVID-19 tilga olinmagan.
NK News xabar berishicha, Pxenyan aholisi yakshanba oxirigacha o‘z uylarida qolishi va kuniga bir necha marta haroratni o‘lchashlari kerak.
Shimoliy Koreya davlat matbuoti yangi choralar haqida ma’lum qilmagan.
Teglar:
Shimoliy Koreya