Qadimgi misrliklar mushuklarni nega ardoqlashgan?
Mushuklar inson bilan qancha vaqtdan buyon yonma-yon yashayapti? Bu haqda hech qiziqib ko‘rganmisiz?
Bir manbaga ko‘ra, bu 10 ming yil, boshqasiga ko‘ra esa 6 ming yil. Ammo qadimgi Misrda mushuklar qachon qo‘lga o‘rgantilgani ma’lum.
Bu eramizgacha III ming yillikda ro‘y bergan, ya’ni mushuklarni xonakilashtirishga o‘ta zarurat majbur qilgan. Gap shundaki, Qadimgi Misr qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lgan. Har qanday agrar mamlakat singari bu yerda ham kemiruvchilar hosilga katta zarar yetkazgan. Avvaliga mushuklar kemiruvchilar va ilonlarga qiron keltirgan. Keyinchalik kalamushlarni ham ovlay boshlagan. Bu bilan odamlarni o‘lat yuqishidan saqlab qolgan.
Qizig‘i shundaki, mushuk qimmat hayvon bo‘lgan va uni faqat badavlat kishilargina sotib olgan. Keyinchalik mushuklar tez ko‘payishi natijasida kambag‘allar xonadonida ham paydo bo‘lgan.
Mushuklarni muqaddas jonivor hisoblashgan. Bu eramizgacha III minginchi yillarda Bubastis shahri qurilganida ro‘y bergan. Bu yerda iloho Bastga sig‘inishgan. Iloho hosildorlik, xonadonlarda xotirjamlik, onalik, xursandchilik ma’budasi hisoblangan. Ma’budaning tashqi ko‘rinishi – mushuk boshli, ayol qomatli. Shu tariqa mushuklarga sajda qilishgan, din tomonidan qo‘riqlangan. Agar mushuk o‘lsa, jasadini mumiyolab dafn qilishgan. Egasi 70 kun aza tutgan. Mushuklar uchun alohida qabriston mavjud bo‘lgan.
T.Shomurodov tayyorladi.