Qalampir qancha daromad keltiradi?

– Tasarrufimizda 21 gektar yer maydoni bor, – deydi tumandagi "Obloqul Mardiqobilov" fermer xo‘jaligi boshlig‘i O.Mardiqobilov. – Ko‘p yillardan buyon g‘alla, sabzavot yetishtirardik, bu yil birinchi marotaba 1 gektar maydonda achchiq qalampir ekdik. Buning uchun 70 ming tup ko‘chat o‘tqazildi. Undan oldin xarajat va daromadni hisoblab chiqdik. Qalampirning hosildorligi 1 gektariga 12 tonnani tashkil qiladi, bizdagi shartnomaga ko‘ra, uch xil navdagi mahsulotning tonnasiga 2-3 million so‘mdan haq to‘lanadi. Shunda o‘rta hisobda ham 1 gektardan 30 million so‘m atrofida daromad olishimiz mumkin.

Taqqoslash uchun – paxtaga nisbatan gektaridan (1 gektariga 8 million 125 ming so‘m) 4 barobar, g‘allaga nisbatan (1 gektariga 4 million 125 ming so‘m) 8 barobar ko‘proq daromad olish mumkin ekan. Qolaversa, bu bilan fermerlar hisobida ham valyuta aylanishi yaxshilanadi.

Achchiq qalampirning yana bir yaxshi tomoni bor. Agar 0,5 gektarga bir nafardan ishchi band bo‘lganda ham birgina qalampir ekini tufayli tumanda 2 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Ularga 6 oyga o‘rtacha 700-750 ming so‘mdan ish haqi berish mumkin.

O‘ktam XUDOYBERDIYEV.