Qamoqdan qochgan o‘ta xavfli o‘zbekistonlik jinoyatchi Qirg‘izistonda ushlandi

Qirg‘izistonning Batkent viloyati Qadamjoy tumanida muqaddam vatanida qotillik va nomusga tegish jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Batkent viloyati IIB matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, erkak Toshkentda qilgan jinoyatlari uchun jazoga mahkum qilingan. Biroq 2010 yilda qamoqxonadan qochib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan yashirinib yurgan. 2016 yilda qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Qizil-Qiya shahri va Qadamjoy tumanida yashirinib yurgan. U oila qurishga va ismini o‘zgartirishga ulgurgan.

36 yoshli o‘zbekistonlikning Qizil-Qiya militsiya xodimlari qo‘lga olishganini ta’kidlashgan. Tergov jarayonida uning haqiqiy ismi oshkor bo‘lgan. Ish materiallari Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirilgan.

“Qo‘lga olingan shaxs ustidan bir necha mahalliy aholi tomonidan shikoyat kelib tushgan. Erkak ularni 300 ming somga (4311 dollar) aldaganini ma’lum qilishmoqda. Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, degan Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova.

Shuningdek, u qo‘lga olingan shaxs hozircha O‘zbekistonga topshirilmaganini qo‘shimcha qilgan.