Qat’iy belgilangan soliqni kimlar to‘laydi?
Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi va elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar sirasiga kirmaydi.
Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi Axborot xizmati.