Qaynona-kelin mojarolari ajralishlarning asosiy sabablaridan bo‘lib qolmoqda

Markazimiz tomonidan oilalarni o‘rganish davomida mahalla faollariga shunday tavsiyalarni berdik va birgalikda uni amalga oshirdik. Haqiqatan ham bu usul yaxshi natija berdi. Umuman, "Oila" ilmiy-amaliy markazlarining hududiy bo‘limlari tashkil etilishidan asosiy maqsad faqat oilalarning yarashishiga ko‘maklashish emas, balki oilalardagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni o‘rganish hamdir. Yosh oilalar bilan ishlash, ularga ko‘mak berish ham muhim vazifalarimizdan biri  sanaladi.

Shu maqsadda markazimizda har shanba kuni "Oilalar maktabi" tashkil etildi. Unda yosh oilalarga turli mavzularda saboqlar o‘tilib, ulardagi muammolarning kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan bildiriladi.

Barcha faoliyatimiz xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib boriladi. Yaqinda tuman miqyosida o‘tkazilgan namunali oilalar ko‘rik-tanloviga ham asosan notinch, muammosi bor oilalarni taklif etdik.

Turli kelishmovchilik, oila a’zolari o‘rtasidagi mojarolarning noxush oqibatlarga olib kelishi sabablarini tahlil qilyapmiz. Shu yil davomida tuman miqyosida 14 ta oila ajrashish uchun ariza bergan. Ularning arizalarini markazimiz mutaxassislari bilan chuqur o‘rganib chiqdik, oilalarga borib, ajrashish sabablarini tahlil qildik. Ularning aksariyati qaynona-kelin mojarosi, oiladagi yengib o‘tish mumkin bo‘lgan mayda muammolar ekan. Hamkor tashkilotlar bilan olib borgan ishlarimiz natijasida ularning 12 tasi yarashmoqda.

Mavluda AXTAMOVA,

"Oila" ilmiy-amaliy markazi Urgut tumani bo‘limi rahbari.