Qaynonasini haqoratlagan kuyov 10 sutkaga qamaldi
- 22.04.2020 21:20
- 330
- Jinoyat va jazo
Kattaqo‘rg‘on tumani Go‘zal mahallasida yashovchi fuqaro X.X. joriy yil 20 aprel kuni soat 19:30 larda karantin qoidalarini buzgan holatda - niqobsiz, spirtli ichimlik iste’mol qilib, qaynonasi A.M.ning uyiga borgan. Hech bir sababsiz eshiklarni tepib, baqir-chaqir qilib qaynonasining oila a’zolari osoyishtaligini buzgan.
Aniqlangan ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqaro X.X.ga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sudga yuborilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining 2020 yil 22 apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar X.X. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi va 183-moddasi bilan aybli deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil tayinlangan jazolarni og‘irrog‘i, ya’ni 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va sud zalidan qamoqqa olindi.
Sanjar SOLIYeV,
Kattaqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudi raisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa