Qaysi hududlarda karantin talablarini yumshatish boshlanadi?
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bugun AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda ushbu masala yuzasidan izoh berdi:
➖ Joriy yilning 29 aprelida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.
Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.
Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha ko‘p, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sog‘aygan.