Qimmatga tushgan kosmik parvozlar

Insoniyat kosmosni zabt etishi qurbonlarsiz kechgani yo‘q. Bortida odam bo‘lgan Rossiya kosmik kemalari o‘z tarixida kosmonavtlarni tayyorlash va uchirishda besh fojiani boshdan kechirdi. Ulardan eng dahshatlisi 1971 yil 30 iyunda ro‘y berdi. “Soyuz-11” kosmik kemasi ekipaji Vladislav Volkov, Georgiy Dobrovolskiy va Viktor Patsayev Yerga jonsiz qaytdilar. Afsuski, bu yakkayu yagona fojia emasdi. 1967 yilda AQShda Yerdagi mashg‘ulotda ekipaj – Virdjil Grissom, Edvard Uayt va Rojer Chaffi simlar tutashuvidan chiqqan yong‘inda tiriklayin yonib ketishdi.

O‘sha yili SSSRda Yerga qaytishda kosmonavt Vladimir Komorov qo‘nishda yerga urilib halok bo‘ldi.

1986 yilda AQShda “Chellenjer” kosmik kemasi parvozdan ko‘p o‘tmay portlab ketdi. 7 kishi halok bo‘ldi. 2003 yilda Shatel “Kolumbiya” AQShda uchgandan keyin atmosferada yonib ketdi. 7 kishi halok bo‘ldi.

Ammo bu fojialar insoniyatni bepoyon koinotga o‘zga sayyoralar – Oy, Marsga parvoz qilib, ularni tezroq egallab olish fikridan qaytara olgani yo‘q, deb yozadi “Mir novostey” (2021 y., 26-son) haftanomasi. Endilikda bu poygaga Xitoy, Hindiston, Koreya davlatlari ham faol qo‘shilishmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.