Qirg‘iziston Oliy sudi Sadir Japarovni 2012 yilgi jinoiy ish yuzasidan oqladi
Qirg‘iziston Oliy sudi 2012 yildagi tartibsizliklar vaqtida hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish jinoiy ishi bo‘yicha ayblanuvchi, mamlakat prezidentligi vazifasini bajaruvchi Sadir Japarovni oqladi. Bu haqda 20 oktyabr kuni RIA Novosti nashriga Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli, Sadir Japarov sudyalar hay’ati tomonidan oqlandi”, deb ta’kidladi matbuot xizmati vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Japarov tarfadori, Qirg‘iziston Milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasining yangi rahbari Qamchibek Tashiyev ham oqlangan.
2012 yilda Bishkek markaziy maydonida “Qumtor” oltin konini milliylashtirish uchun namoyish bo‘lib o‘tdi. Oxir oqibat tinch o‘tayotgan namoyish parlamentga bostirib kirishga urinish va xavfsizlik xizmatlari bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Namoyish tashkilotchilari orasida keyinchalik hibsga olinib, hukumatni egallab olishda ayblangan Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev ham bor edi.