Qirg‘iziston prezidenti chegaradagi vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
- 17.09.2019 14:07
- 181
- Xorij
Bugun, 17 sentyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikiston bilan bo‘lgan chegaradagi vaziyat yuzasidan hukumat a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda prezident chegaradagi vaziyatni xalqaro huquq va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tartibga solish kerakligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, mojaroning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini alohida ta’kidladi.
Sooronbay Jeenbekov halok bo‘lgan chegarachining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 29 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 33 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi