Qirg‘iziston prezidentining samolyoti texnik standartlarga javob bermagani uchun Buyuk Britaniyaga kiritilmadi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning samolyoti texnik talablarga javob bermagani uchun Buyuk Britaniyaga kiritilmagan. Qirg‘iziston prezident ma’muriyati davlat rahbari Glazgoga parvoz qilishga shaxsiy samolyotni ijaraga olishga majbur bo‘lganini xabar qilgan. Mazkur safar BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiya ishtirokchilarining 26-konferensiyasi jahon yetakchilari sammitida qatnashish uchun amalga oshirilgan edi.
"Davlat rahbari uchgan “Bort-1-Tu-154” samolyoti Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning texnik standartlariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston tomonga ushbu turdagi samolyot qo‘nishiga imkon yo‘qligi haqida xabar berildi. Talabga muvofiq Qirg‘iziston delegatsiyasini shaxsiy samolyotda olib uchishga qaror qilindi", deya agentlik ma’muriyati vakiliga iqtibos keltiradi.
Xabarga ko‘ra, Japarov Glazgoga Embraer Lineage 1000 xususiy samolyotida uchgan. Prezident 1 noyabr kuni Buyuk Britaniyaga yetib borgani va bugun sammitda nutq so‘zlashi ma’lum qilindi.
“Bort-1-Tu-154” Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga 2006 yilda Rossiya rahbari Vladimir Putin tomonidan sovg‘a qilingan edi. U 1993 yilda ishlab chiqarilgan.