Qirg‘izistonda sobiq prezident Akayevga nisbatan jinoiy ish to‘xtatildi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevga nisbatan “Qumtor” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha jinoiy ish tugatildi, deb xabar berdi “Interfaks” agentligiga mamlakat Bosh prokuraturasida.
“Asqar Akayevga nisbatan jinoiy ta’qib shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha da’vo muddati o‘tgani munosabati bilan tugatildi”, — dedi Bosh prokuratura vakili.
“Qumtor” konini o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida Akayevga nisbatan mansab yoki xizmat vakolatini suiiste’mol qilishda ishtirok etganlik, 1992 yilda “ Cameco” bilan bosh kelishuvni tuzish va 2003 yilda “Qumtor” loyihasini qayta tuzish epizodlariga beparvolik qilganlik aybi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Akayev boshqa sobiq yuqori martabali amaldorlar qatori "Qumtor" loyihasi bo‘yicha bosh kelishuvni tuzishdagi korrupsiya uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edi.
2005 yilda hukumat almashganidan keyin mamlakatni tark etgan Akayev 2021 yil avgust va dekabr oylarida Bishkekka tashrif buyurgan edi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida so‘roqdan keyin u qo‘yib yuborilgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Akayev jinoyatda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va tergov bilan faol hamkorlik qilgan.
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1992 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda "Kirgizaltin" OAJning ayrim mansabdor shaxslari va rahbariyati Kanadaning Cameco, Centerra Gold Inc. va "Kumtor Opereyting Kompani" va "Kumtor Gold Kompani" YoAJ vakillari bilan noqonuniy yo‘l bilan moddiy manfaatni ko‘zlab “Qumtor” oltin konini o‘zlashtirish bo‘yicha noqonuniy va barqaror munosabatlar o‘rnatgan.