Qirol yuragini yeb qo‘ygan odam
Angliyalik Uilyam Baklend Charlz Darvin bilan birga yovvoyi tabiatni faol o‘rgangan va ko‘p sayohat qilganajoyib olim edi. U uchmas dinozavrlarni kashf etgan va birinchi bo‘lib Megalozavrni tasvirlab bergan odam sifatida tarixga kirgan. Uning zamondoshlari esa Baklendni “barcha narsani yeyishga qodir bo‘lgan odam” sifatida bilgan.
Baklendning tadqiqotga bo‘lgan qiziqishini hech narsa to‘xtata olmas edi - u tom ma’noda duch kelgan har qanday kuchukcha, pantera, sichqoncha, kenguru, dengiz shilimshiqlari va timsoh kabi hayvonot dunyosi vakillari mazasini tatib ko‘rar edi. Bu hayvonlarning barcha turlarini iste’mol qilish tendensiyasi endilikda“zoofagiya” deb ataladi, biroq 19asrda bu zoologlar o‘rtasidagisevimli mashg‘uloto‘zga xos rusum bo‘lib qolgan edi.
Baklend tatib ko‘rgan eng yoqimsiz ta’m krot ( yer ostida yashaydigan bir turli sut emizuvchi hayvon) va mayda chivinlar edi. Olimning bayonotiga ko‘ra, uning ta’m sezgilari shunchaki bunday yegulikni qabul qilishdan bosh tortgan ekan. Eng g‘ayrioddiy taom esa qirol Lyudovik XIVning yuragi bo‘lgan,Baklend ijtimoiy tadbirlarning birida mehmonlarga mo‘miyolangan yurak namoyish etilayotgan paytda uning bir bo‘lagini tishlab olib, yutib yuborgan.
Keng taomlar ro‘yxatiga qirolning yuragini qo‘shib, Baklend, o‘zining haqiqatan ham barcha narsani yeyishga qodir, degan nomniorttirgan.