Qirolicha Yelizaveti II vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Dastlab, Britaniya qirolicha Yelizaveta II ning o‘limi haqidagi Hollywood Unlocked o‘z Instagramida xabar berdi.
Keyinroq ushbu nashrning o‘zi bergan xabarini rad etdi. Biroq mazkur xabar allaqachon dunyo OAVlarida tarqalib ketdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning bugungi asosiy mavzusi ham shu bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi postlardan birida aytilishicha, qirollikka yaqin manbalar qirolicha Yelizaveta II vafot etgani haqida eksklyuziv tarzda nashrni xabardor qilgan.
"U Britaniyaning «Vogue» jurnali muharriri Edvard Enninfulning to‘yida ishtirok etishi kerak edi, biroq o‘lik holda topildi", deyiladi xabarda.
Ushbu xabarga javoban britaniyalik jurnalist Rikardo Bruks o‘zining Twitter sahifasida ushbu ma’lumotni rad etdi.
U "Malika vafot etgan taqdirda maxsus tartib-qoidalar amalga oshirilishini eslatdi. Bu fojiali xabarni birinchi bo‘lib BBC xabar qilgan bo‘lar edi" deydi.
Avvalroq 95 yoshli qirolicha koronavirus bilan kasallangani va barcha atrofidagilarga yuqtirgani xabar qilingandi. Qirolicha vakillari u shamollashga o‘xshash yengil alomatlarni boshdan kechirayotganini aytishdi. Yelizaveta haligacha yengil vazifalarni bajarishda davom etmoqda.