Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trillion so‘mni tashkil etdi.
Bu davrda boshqa viloyatlarga nisbatan Samarqandda eng ko‘p, ya’ni 615,7 ming tonna sut sog‘ib olindi.
Xo‘sh, umuman, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirish borasida qaysi hududlar yetakchilik qildi?
Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p - 619,2 ming tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo‘lsa, Andijonda eng ko‘p sabzavotlar (544,3 ming tonna), Samarqandda eng ko‘p kartoshka (285,4 ming tonna), Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari (54,9 ming tonna) yetishtirilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida eng ko‘p go‘sht (141,7 ming tonna) va eng ko‘p tuxum (635,5 million dona) olingan, Xorazmda esa 5607 tonna baliq ovlangan.