Qobul aeroportida amerikalik harbiylar o‘q uzdi, qurbonlar bor

AQSh harbiylari Qobul aeroportida afg‘onlarni o‘qqa tutishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi RIA Novosti xavfsizlik kuchlaridagi manba.

Avvalroq, Associated Press agentligi guvohiga tayanib, xabar berishicha, Afg‘oniston poytaxti aeroportida ko‘plab odamlar uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirganda AQSh harbiylari havodan ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Al-Jazeera telekanalining xabar berishicha, bortida diplomatik vakolatxonalar a’zolari bo‘lgan vertolyot parvozlarining intensivligi sababli aeroportda xaos boshlandi, «Tolibon»dan qochmoqchi bo‘lgan olomon poytaxtning yagona aeroportiga o‘zini urmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Oxirgi haftalarda Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa og‘irlashdi, "tolibon"lar yirik shaharlarni qo‘lga ola boshladi. 15 avgust kuni OAV va boshqa manbalar isyonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotganini aytishdi. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z qo‘llariga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanba oqshomida «Tolibon» siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, shtatda boshqaruv shakli yaqin kelajakda aniq bo‘lishini e’lon qildi.