Qobulda Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida xudkush-terrorchi portlashi oqibatida 6 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, dedi shahar politsiya boshqarmasi matbuot markazi rahbari Xolid Zadran.

"Hodisa oqibatida olti nafargacha tinch aholi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi, uch nafar mujohid ham yaralandi. Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi", deb yozadi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Xudkush terrorchiga nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida xavfsizlik kuchlari hujum qilgan, biroq u o‘zini portlatib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.