Qog‘oz pullar haqida qiziqarli faktlar

Banknotlar qancha yashaydi?

Ta’kidlash kerakki, katta nominalga ega kupyuralar maydalariga qaraganda ko‘proq xizmat qiladi. Masalan, Rossiya banknotlarining o‘rtacha "ishlash" muddati 2-2,5 yil atrofida o‘zgarib turadi. 1000 rubllik kupyura 3 yilgacha amal qilishi mumkin, 100 rubllik kupyura esa bir necha yil ichida muomaladan chiqib ketadi. O‘rtacha nominaldagi bitta banknot yiliga kamida 200 ta hamyonni ziyorat qilishga muvaffaq bo‘ladi. «Uzoq umr ko‘radigani» - bu 4 yildan ortiq muomalada bo‘ladigan 5000 rubllik qog‘oz pulidir.

Amerika dollarlari ancha uzoq umr ko‘radi: masalan, 50-100 dollarlik banknotlarning o‘rtacha ishlash muddati 9 yil. Bu Amerika valyutasi sifatli qog‘ozda bosilganligidan emas, balki AQShda bunday nominaldagi banknotalar kundalik muomalada kamdan-kam qo‘llanilishidan gapiradi. Amerikaliklar xaridlari uchun kredit kartalar orqali to‘lashni ma’qul ko‘rishadi.

Pullarda kim “yashaydi”
Bir necha yil muqaddam Oksford universiteti olimlari Yevropa valyutalari namunalaridagi mikroblar konsentratsiyasini sinovdan o‘tkazishga qaror qilishganida, o‘rtacha Yevropa banknotasida 26 mingdan ortiq bakteriya mavjudligi aniqlandi.

нюань

«Rekord egasi» Daniya kronasida 40 mingga yaqin bakteriya «yashar ekan». Salobatli Shveysariya franki 32 ming, rus rubli esa 30 ming bakteriya va mikroblarga “boshpana” berdi.
Yagona Yevropa valyutasi yevroning “sterilligi”ni mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus birikma bilan ishlov berilishi bilan izohlash mumkin.
Dunyodagi eng “aholisi zich joylashgan” pullar Xitoyning 100 yuan qog‘oz puli hisoblanadi – unda o‘rtacha 180 000 dan ortiq bakteriya “yashaydi”.

Pullarda hid bormi?
Amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar Qo‘shma Shtatlarda muomalada bo‘lgan dollarlarning 90 foizidan ortig‘ida kokain izlari borligi ko‘rsatdi. Giyohvandlik moddasi banknotlarga giyohvand moddalar sotuvchisi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar paytida, kupyuralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kukunlar yonida sanab o‘tilganda yoki kokainni qo‘llash paytida tushadi. Bunday banknotalar muomalaga kirgandan so‘ng, ular o‘z tarkibidagi “dori”si bilan bank xodimlariga «ilinadi».

Amerika banknotalaridagi kokain tarkibi o‘rtacha 0,006 mikrogrammdan oshmaydi. Biroq, katta miqdordagi pullarni hisoblab chiqqan bank xodimi qonida giyohvand moddalar mavjudligi osonlikcha ijobiy aniqlash mumkin.

наркотики

Tadqiqotlar Amerika dollarlari bilan bir qatorda, Kanada dollarlari banknotlarning taxminan 80 foizida, “beg‘ubor” Yapon iyen pul birligining atigi 12 foizida giyohvand moddalar izlari borligini ko‘rsatdi.

Bir million qancha tosh bosadi?

A photo of a gag one million dollar bill

1 million 100 dollarlik (10 000 dona) banknotlar og‘irligi taxminan 10 kilogramm, 1 million (5000 rubllik kupyurada 200 dona) rubl - 200 grammdan bir oz ko‘proq, 1 million (500 yevro kupyurada 2 000 dona) yevro - taxminan 2 kilogramm og‘irlikka teng.

Pullar qanday o‘ladi?
Har yili Rossiya Markaziy banki eskirganligi sababli 3 ming tonnadan 5 ming tonnagacha banknotlarni muomaladan chiqaradi. Sobiq SSSRda muomaladan chiqqan pullar shunchaki yoqib yuborilgan. Hozirda ekologik sabablarga ko‘ra ushbu texnologiyadan voz kechilgan.

ликвидация денег

Bugungi kunda banknotalar maxsus jihozlar yordamida bir yoki ikki millimetrdan oshmaydigan mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Keyin bu massa 1 kilogramm og‘irlikdagi briketlarga bosiladi va maxsus poligonlarga yoki qayta ishlash sexlariga yuboriladi, bu yerda «sobiq» pullardan qurilish materiallari tayyorlanadi. Ba’zi mamlakatlarda qayta ishlangan banknotlardan o‘g‘itlar, boshqalarida ko‘cha urnalari, yana boshqalarida esa hojatxona qog‘ozlari va hatto qabr yodgorliklari tayyorlanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.