Qonunlar xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi

Sud-huquq tizimidagi islohotlardan maqsad sud orqali inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish mexanizmini zamonaviy davlatchilik talablariga moslashtirish hamda jamiyat ehtiyojlarini inobatga olgan holda, sud organlari faoliyatida odil sudlov darajasini oshirishdan iborat.

Ayrim fuqarolarimizning huquqiy ongi yetarli darajada emasligi ortidan imzolanayotgan yangi qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilish hamda bu ijtimoiy tarmoqlarda asosli va asossiz muhokamalarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Vaholanki, qonunlarni xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va albatta, ularning adolatliligini va shaffofligini ta’minlash aholining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi.

Prezidentimizning joriy yil 30 noyabrda “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi”gi Farmoni imzolandi. Ushbu farmon mazkur sohadagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga o‘tganligini anglatadi.

Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko‘rsatiladi - sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish.

Mazkur huquqiy-me’yoriy hujjatning uchinchi bandida amaldagi qonun hujjatlarini yangi mazmun-mohiyat bilan boyitishga taalluqli muhim masalalar aks etgan. Ularni hal etish muddati ham belgilangan. Ya’ni, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish hamda farmon talablarini bajarish choralari ko‘riladi.

Ilhom G‘ULOMOV

jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tumani sudi raisi.