Qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan YPX inspektoriga chora ko‘riladi
- 28.11.2019 10:51
- 183
- O‘zbekiston
2019 yilning 26 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi» sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, jarayonda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori, serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qaror talablari buzilgan.
Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra, serjantga qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa