Qo‘pol odamning sog‘lig‘ida muammolar yashiringani rost(mi?)
Kundalik hayotimizda kimdir bizga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va sababsiz hujumga uchragan holatlar bo‘lib turadi. Ko‘pincha bunday muammo odamlar orasidagi shaxsiy adovat borligiga ishora qiladi.
Aksariyat hollarda tajovuzkorning o‘zi bunday xatti-harakatlar uchun aybdor emas, deydi olimlar. Xo‘sh, psixologiya va psixosomatika bu haqda nima deydi? Qo‘pollik va tajovuzkor harakatlar insonning nafaqat murakkab tabiatining namoyon bo‘lishi, balki uning sog‘ligidagi muammolarning belgisi ekanligi rostmi?
AdMe.ru ushbu maqoladan so‘ng o‘quvchilarimiz janjalchi, qo‘rs va xudbin odamlarga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaydi, deb umid qiladi.
Qiziqqonlik
Muammo: Har bir insonni noqulay ahvolga tushirib qo‘yadigan suhbat mavzulari bor. Lekin ba’zida odamlar umuman ayb sanalmaydigan iboralardan so‘ng qizishib ketadi.
Sabab: Odatda depressiya ruhsizlik kayfiyatiga tushirib qo‘yadi, deb qabul qilingan, to‘satdan g‘azablanish ham ushbu kasallikka xosdir. Bunday holatda yurgan odam barcha nafratni o‘z ichiga yo‘naltirgan, boshqacha qilib aytganda, “yutib yurgan” bo‘ladi, biroq “tashlanishga shay” kabi doimiy tuyg‘uni nazorat qilish imkonsiz va u to‘g‘ri kelgan odamga tashlanadi.
Achchiq kinoya yoki piching
Muammo: Odam kinoyali hazil qilishdan o‘zini tiya olmaydi.
Sabab: Jigar kasalligi odamlarni hatto eng yaqinlarini ham kulib-kuldirib bo‘lsa-da, ulardan kamchilik topib, yomon so‘zlarni aytishga majbur qilishi mumkin. Ushbu organ “bo‘shashib” qolganida, tanadan toksik moddalarni chiqarib tashlamay qo‘yadi. Shunda to‘plangan zaharlar shaxsiyatning buzilishi va nazoratni yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Asossiz ayblov
Muammo: Odam sizga to‘satdan qo‘pol tanbeh berdi.
Sabab: Ko‘pincha har doim diqqat faqat ularga qaratilgan bo‘lishini xohlaydigan o‘smirlar o‘zlariga nisbatan ishonchsizliklarini shunday ifodalaydi. O‘sha “yoshda qolib ketgan” kattalarda qondagi qand miqdori ko‘tarilgan paytda duch kelgan birinchi odamga “otilish” istagi paydo bo‘ladi. “Dabetik” tabiatli odamlar ko‘pincha ishda hech qanday sababsiz boshqalarga qo‘pol munosabat qiladi, ichki asabiy holatlarni esa ular faqat uyda boshdan kechirishadi.
Agressiya
Muammo: g‘azablangan, tajovuzkor odam jamoat joylarda ham boshqalarga g‘azab qiladi va barchaning kayfiyatini buzadi.
Sabab: Tadqiqotlar nazorat qilib bo‘lmaydigan tajovuzkorlik yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligi, fitna tabiatli odam esa mini-insult yoki insultga uchragan bemorlarning ko‘pchiligiga xosdir.
Bunday odamlarga yordam berish mumkinmi? Maslahatimiz ularning izmida bo‘lmang, provokatsiyalariga berilmang. Har doim yodda tuting: Agar insonning xarakteri keskin o‘zgaruvchan bo‘lsa-yu, o‘zining xunuk xatti-harakatlarini nazorat qila olmasdan, yo‘q joydan to‘qnash janjal chiqaradigan bo‘lsa, unga sog‘lig‘ini tekshirishni maslahat berish kerak.
Xulosa
Agar yaqin odamingizning fe’l-atvori keskin o‘zgarib turishini sezsangiz, birinchi navbatda quyidagi kasalliklar ehtimolini istisno qilish uchun uni tekshiruvdan o‘tishga ko‘ndirishingiz kerak:
- alsgeymer kasalligi;
- xolesterin darajasi;
- depressiya;
- qandli diabet;
- epilepsiya;
- jigar yetishmovchiligi;
- insult;
- qalqonsimon bez kasalliklari.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.