Qoradaryo o‘zanidan yarim tunda noqonuniy shag‘al qazayotganlar aniqlandi

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro Sh.F o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavator yordamida Qoradaryo daryosining o‘zanidan kechasi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, noqonuniy ravishda yuk tashuvchi mashinalarga ortib berayotganligi aniqlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlarida holat fosh etilgan.
Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari, ya’ni 8,1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi, deyiladi viloyat Ekologiya boshqarmasi xabarida.