Qo‘rquv haqida qiziqarli faktlar

Aniqlanishicha, dunyoda qo‘rqmas odamlar yo‘q yoki ular yolg‘on gapirishadi.

Qo‘rquv tabiiy hodisa, ba’zilar hatto qo‘rquvni o‘z-o‘zini saqlash instinkti bilan bir darajada qo‘yishadi. Aslida esa hamma narsa umuman boshqacha va uzoq vaqtdan beri bu mavzuda soxta ilmiy afsonalar tarqalib kelmoqda.

Mutaxassislar qo‘rquv tug‘ma tuyg‘u ekanligi haqiqat yoki yolg‘onligi haqida tadqiqot o‘tkazishdi.

Qo‘rqmaslik mavjud narsami?

Tadqiqotchilarning fikricha, odamda qo‘rquvning bo‘lmasligi kam uchraydigan irsiy Urbax-Vite kasalligi tufayli yuzaga keladi. Bu miyaning qo‘rquv hissi bilan bog‘liq hududining shikastlanishi haqida gapiradi. Jahon tibbiyotida 300 dan ortiq bunday holatlar ma’lum. Ammo bu bizga jasorat ko‘rsatganlarni qo‘rqoq deyish huquqini bermaydi, - qo‘shadi tadqiqotchilar.

Qo‘rquv tug‘mami?

Ilmiy nuqtai nazardan, odamlar faqat ikkita narsa - balandlik va to‘satdan chiqqan baland tovushdan qo‘rqishadi. Boshqa barcha qo‘rquvlar yillar davomida orttiriladi va foydasiz deb hisoblanadi.

Odamlar nega qo‘rqadi?

Ko‘pincha odamlar noma’lum, ya’ni hali sodir bo‘lmagan narsadan qo‘rqishadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, odamni hodisaning o‘zi emas, balki u haqidagi fikrlar ham qo‘rqitadi.

Qo‘rquv foydalimi?

Yo‘q, chunki ko‘p hollarda qo‘rquvlar haqiqatning buzuq ko‘rinishidir.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, odam balandlikdan yoki to‘satdan kelgan o‘tkir tovushlardan cho‘chishi mumkin. Lekin birovni xafa qilib, oqibati nima bilan tugashini kutib, qo‘rqib yurish qo‘rquvi, xato qilish qo‘rquvi, qaror qabul qilish qo‘rquvi va hokazolar ba’zan hayotni o‘zgartirib yuboradi, lekin yaxshi tomonga emas.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.