Inson salomatligi haqida ayrim faktlar
Tezlik bilan burilish ko‘rish hissini bir necha soniyaga to‘xtatadi. Bu bosh aylanishidan asraydi.
***
Asal yeyilgandan so‘ng 15 daqiqada qonga aralashadi.
***
150 gr apelsinda 80 gr askorbin kislotasi mavjud bo‘lib, inson uchun 1 kunga yetadigan «S» vitamin bilan ta’minlaydi.
***
Insonning zakovati oshgan sari, ko‘p tush ko‘radigan bo‘ladi.
***
Insonning o‘zi bilan o‘zi gaplashishi uni zehnini o‘stiradi. Ba’zilarning tushunchasidagi kabi, ruhiy xastalikning alomati emas.
***
Xurmo (finik) dunyo bo‘yicha, quruq mevalar ichida tishlar uchun eng foydalisidir. U emal qavatini mustahkamlab, kariyesdan himoya qiladi.
***
Isitma paytida bilagingizni 5 daqiqaga jo‘mrakdan tushayotgan sovuq suvga tutib tursangiz, qon aylanishidagi haroratni tushiradi.
***
Uyqudan uyg‘onganingizda ovozingiz o‘zgaradi. Sababi, uyqu paytida tovush paychalari qattiqlashadi. Yumshashi uchun ozroq vaqt kerak bo‘ladi.
***
Ko‘p uxlash, insonning g‘ami ko‘p, o‘zini yolg‘iz his qilishidan ham bo‘lishi mumkin.
***
Biror odatga o‘rganish uchun insonga 21 kun yetarli. Har qanday odatdan qutilish uchun ham shuncha muddat kifoya.
***
Insonning erkin, qattiq aksa berishi, uning qo‘rqmas, hech narsaga parvo qilmasligini anglatadi. Yashirincha aksa berishi, uni o‘ta uyatchan, atrofdagilarga ahamiyatini bildiradi.
***
Peshobni uzoq muddat ushlab turish, qonda natriy yetishmasligi tufayli o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Bu «suvning zaharlanishi» deyiladi.
***
Ayollarda, erkaklarga qaraganda hid bilish qobiliyati o‘tkirroq.
***
Achchiq garmdorini iste’mol qilganingizda, tilingiz taftini ozgina shakar bilan so‘ndirishingiz mumkin.