Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Xusiylar ilk bor Isroil markaziga ballistik raketalar uchirdi. Turkiya "Po‘lat gumbaz" mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazdi

🔹 Polsha va Latviya harbiy yordam ko‘rsatish orqali Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Varshava Ukraina uchun o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha Chexiya tashabbusini moliyalashtirish boshlanganini e’lon qildi. O‘z navbatida, Latviya Britaniyaning zirhli texnikalarini Ukrainaga bermoqchi.

🔹 Ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni Fransiyaga bosim va shubhali boshqaruvda ayblab, iste’foga chiqdi.

🔹 Yaman husiylari ilk bor Isroil markaziga ballistik raketalar uchirishdi. Isroil mudofaa kuchlari raketani tutib olishga uringani va raketalar “havoda parchalanib ketgani”ni aytishdi. Qurbonlar va jiddiy vayronalar haqida xabar berilmagan.

🔹 Turkiyaning yangi havo mudofaa tizimi — "Po‘lat gumbaz" sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgani xabar qilindi.

🔹 “Boris” to‘foni sabab kuchli yomg‘ir keltirgan suv toshqinlari Yevropaning markaziy va sharqiy qismida kengayib, odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, minglab uylar suvdan zarar ko‘rgan. Ayniqsa Avstriya, Polsha, Ruminiya va Chexiyada ahvol og‘ir.

🔹 Ilon Maskning qayd etishicha, hech kim AQSh prezidenti va vitse-prezidenti – Jo Bayden va Kamala Xarrisga suiqasd uyushtirmoqchi emas. Vaholanki, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning hayotiga ikki marta suiqasd qilingani juda g‘alati.

🔹 Bugun Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi.

🔹 Turkiyadagi makaron fabrikasida portlash sodir bo‘lib, 21 kishi jarohat olgan.

🔹 Los-Anjelesda 76-Emmi mukofotlari topshirildi. Unda Amerika-Yaponiya tarixiy seriali "Shogun" 18 ta mukofotga sazovor bo‘ldi va birinchi marta Lotin amerikalik ayol eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa deb topildi.

🔹 Rossiyaning Xarkovni bombardimon qilishi oqibatida 40 dan ortiq kishi jarohatlangan