Qo‘shrabotda chaqmoq ta’sirida yonib ketgan 100 yoshdan oshgan tut daraxti saqlab qolindi

28 mart kuni Qo‘shrabot tumani Qiyqim mahallasi aholisi hududdagi 100 yoshdan oshgan tut daraxti yonayotganligi haqida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasiga murojaat qilgan.

Natijada inspeksiyaning davlat inspektorlari tezkor tartibda holatni joyiga borib o‘rganish maqsadida yetib bordi. Mazkur tut daraxti chaqmoq urishi oqibatida yonganligi ma’lum bo‘ldi.

Aholi ko‘magi va tuman IIB yong‘in xavfsizligi xodimlari yordamida yong‘in tezda bartaraf etildi.

Ayni paytda, o‘z vaqtida qilingan harakat tufayli bir asrdan oshgan ushbu tut daraxti saqlab kolindi.

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.