Qozog‘iston mamlakatning “Birinchi prezidenti to‘g‘risida”gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb tan oldi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti to‘g‘risidagi qonun sobiq davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga oid vakolatlar mamlakat konstitutsiyasidan chiqarilganidan keyin o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak, deyiladi respublika Konstitutsiyaviy sudi qarorida.

Qozog‘istonda referendumda fuqarolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar 2022 yil iyunda kuchga kirdi. O‘zgartirishlar qatorida mamlakatning asosiy qonunidan birinchi prezident Nursulton Nazarboyevga oid barcha ilovalarni olib tashlash ham bor. Xususan, konstitutsiyaning 46 moddasidan birinchi prezident maqomi va vakolatlari konstitutsiya hamda tegishli konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi degan band olib tashlangan.

“Qozog‘iston xalqining respublika referendumida bildirilgan xohish-irodasiga asoslanib, hozirgi vaqtda Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasida "Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonunini saqlab qolish uchun qonuniy asoslar mavjud emas", deyiladi konstitutsiyaviy sudning veb-saytida e’lon qilingan qarorida.

Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan iste’foga chiqdi. Ayni paytda u birinchi prezident to‘g‘risidagi qonunda mustahkamlangan bir qator vakolat va imtiyozlarga ega. Birinchi prezident prezidentlikka saylanish huquqiga cheklovlar qo‘yilmaydi, u Qozog‘iston xalqiga, davlat organ va mansabdor shaxslariga davlat qurilishi, ichki va tashqi siyosat, mamlakat xavfsizligi kabi muhim masalalari bo‘yicha tashabbuslar bilan umrbod murojaat qilish huquqiga ega. Shuningdek, u parlament oldida, hukumat yig‘ilishlarida mamlakat uchun muhim masalalar muhokama qilinganda so‘zga chiqishi mumkin.

Qonunga ko‘ra, Nazarboyev shuningdek, hibsga olinishi va hibsda saqlanishi, tintuv qilinishi, so‘roq yoki shaxsan tintuv qilinishi mumkin emas. Daxlsizlik Nazarboyevga tegishli bo‘lgan barcha mulk va u bilan birga xususiy mulk asosida yashovchi oila a’zolariga nisbatan qo‘llanilardi.