Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi senator Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini to‘xtatdi

2020 yil 4 may kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi (MSK), senat deputati Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qildi.
Nazarboyevaning vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan bir necha kun ilgari imzolangan edi. Hujjat imzolangandan so‘ng davlat rahbari o‘z lavozimida ko‘rsatgan faolliklari uchun senator Nazarboyevaga minnatdorchilik bildirdi.
“Darig‘a Nazarboyeva – Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi. 2012 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng u deputat bo‘lgan va qo‘mita majlisining (Qozog‘iston Respublikasi parlamentining quyi palatasi) ijtimoiy va madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha rahbarlik lavozimiga tayinlangan.
2014 yilda Darig‘a Nazarboyeva bir ovozdan majlis vitse-spikeri, 2015 yilning sentyabr oyidan boshlab Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga, 2016 yilda parlament senati deputati, oradan uch yil o‘tib parlament senatiga rahbar etib saylangan”, deyilgan “Gazeta.ru” nashri bergan ma’lumotda.