Qozog‘iston muhojirlarning mamlakatga kirishi va bo‘lishi qoidalarini o‘zgartirdi
- 18.01.2023 09:46
- 115
- Xorij
Qozog‘iston hukumati qarori bilan muhojirlarning respublikaga kirishi va bo‘lishi, shuningdek, ularning mamlakatdan chiqib ketishi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qaror matni seshanba kuni Qozog‘iston normativ-huquqiy hujjatlari axborot-huquqiy tizimida e’lon qilingan va 2023 yil 27 yanvardan kuchga kiradi.
Hujjat muhojirlarning Qozog‘istonda bo‘lishning ruxsat etilgan muddatlarini o‘zgartirdi.
Xususan, vizasiz muhojirlar Qozog‘istonda chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kungacha, jami – 180 kalendar kunlik har bir davrda 90 kun bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Ilgari Qozog‘istonda vizasiz kelganlar uchun mamlakat davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 180 kalendar kunga cheklov yo‘q edi.
Teglar:
Qozog‘iston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 52 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!