Qozog‘iston Prezidenti koronavirus infeksiyasining ikkinchi xurujiga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Bu haqda Kazinform agentligi xabar berdi.

“Men ilgari ham aytganman: biz koronavirus xurujining takrorlanishiga tayyor turishimiz zarur. Mamlakatimiz hududi va qo‘shni respublikalarda kasallik o‘choqlarining qaytalanishi vaziyatni keskinlashtirmoqda”, ta’kidladi mamlakat rahbari.

Shuningdek, u “navbatsiz amalga oshirilgan islohotlar” sanitar-epidemiologik va infeksiya tizimi nazoratining kuchsizlanishiga olib kelganini ta’kidladi.

“Samaradorligi isbotlangan modelga qaytishimiz zarur. Biologik xavfsizlik tizimi umumiy standartlar asosida ishlashi va mamlakatlararo hamkorlikning samarali bo‘lishini hamda xavfga javob qaytara olishini ta’minlashi kerak”, dedi mamlakat Prezidenti. U joriy yilning oxirigacha mamlakat biologik xavfsizligi to‘g‘risida qonun ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.